Sayt test rejimida ishlamoqda...                     Sayt test rejimida ishlamoqda...                     Sayt test rejimida ishlamoqda...                     Sayt test rejimida ishlamoqda...                     

Impuls Bugun
lmpuls tibblyot instituti 2022-yiling
9-noyabr sanasida berilgan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №047559 sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. O'qish ingliz va o'zbek tilida USM LE dasturi asosida bo'lib, davolash ishi yo'nalishida 6 yil davomida olib boriladi. Bitiruvchilarga oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom beriladi. Hozirda 1100 dan ortiq talabaga 100 dan oshiq o'qituvchilar dars berib kelishmoqda.
Qarorlar qabul qilindi
Nihoyat, biz tibbiyot bo'yicha mutaxassislarni o'zimiz tayyorlashga qaror qildik va xorijiy davlatlarda tibblyot bo'yicha o'qitish va ishlash tizimlari bo'yicha Yevropa, Osiyo va Amerika kabi davlatlarning tibbiyotini o'rgana boshladik. Qaysi davlatda tibbiyot kuchli o'qitiladi, qaysi davlatda tibbiy yordamlar yaxshi ko'rsatiladi, ular qanday ta'lim olishgan kabi savollarga javob izladik. Va nihoyat, biz Amerikaning tizimidagi lmpuls tibblyot institutida USMLE ta'lim berishni maqsad qildik. Buning uchun atrofimizda tajribali mutaxassislarni yig'dik.
Bo'lgan kamchiliklar
Bizga dorilar, zamonaviy texnikalar, jihozlar va shifokorlar yetmas edi. Jamoamiz bilan insonlarning o'limini ko'rib qiynalardik. Zamonaviy texnika, dorilar, jihozlarni katta pul evaziga topish mumkin, ammo bu texnikalardan to'g'ri foydalana oladigan malakali shifokorlarni topish qiyin edi.
Meditsina sohasidagi muammolar
2018
Namangan viloyati Norin tumanida ko'p tarmoqli xususiy klinikaga asos solindi va hozirga qadar mingdan ziyod bemorlarni shifo topishiga ko'maklashib kelmoqda.
2019
Tibblyotda va Farmalogiyada mavjud bo'lgan ko'plab muammolar hamda tibblyot xodimlarining yetishmasligi ta'sischilarga xususiy tibblyot institutini tashkil qilish g'oyasiga undadi.
2022
Bir necha yillik uzluksiz harakatlar natijasida Namangandagi birinchi
va yagona bo'lgan lmpuls tibbiyot lnsitutini ochilishga muvaffaq bo'lindi.
Tibbiyot sohasini rivojlantiramiz
Ayni damda bu og'riq faqat bizda emasdi. Butun O'zbekiston bo'ylab malakali shifokorlar yetishmasligi kabi muammolar bor edi. Biz faqat davlat o'qitib beradigan shifokorlarga qarab o'tira olmasdik. O'zimiz ham tibblyot sohasini rivojlantirishga hissa qo'shishimiz kerakligini tushundik.
Hammasi nimadan boshlandi ?
Tumanimizdagi bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida impuls xususiy klinikasini ochdik. lnsonlarga endigina tibbiy yordamlar ko'rsata boshlagan paytimizda Covid pandemiyasi boshlandi. Pandemiya davrida ko'plab insonlarga yordam berish bilan birga, afsuski, ko'pchilikka yordam bera olmadik.
Brend Tarixi
Institutning Vazifasi
Mamlakatning tibbiyot xodimlariga bo’lgan talabini hisobga olib, yetarli miqdordagi talabalarni o’qitish, professional kadrlar tayyorlash bo’yicha yechimlar taklif qilish, yangi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqarish va ta’lim-tarbiya tamoyillarini ishlab chiqish.
Biz Haqimizda
Impuls tibbiyot instituti o’z oldiga mintaqadagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo'lish maqsadini amalga oshirish va O’zbekiston taraqqiyotiga hissa qo’shishni maqsad qilgan.