Institut

Biz haqimizda

Xalqaro faoliyat

Grandlar

Ilmiy faoliyat

Eʼtiborli imkoniyat: Yuqori natijalarga erishgan talabalar uchun 100%lik grandlar:

Impulse Tibbiyot Instituti talabalariga har bir semestrda yanada kuchliroq motivatsiya berish maqsadida, institut asoschilari tomonidan talabalarning 10% qismiga 100%lik grandlar taqdim etiladi.


Mazkur grandlar har semestr yakuni boʻyicha aniqlanadi va gʻolib talabalar institutib tomonidan toʻliq grant bilan mukofotlanadi. Imkoniyatingizdan foydalaning va ilmiy va amaliy yutuqlaringiz bilan oldinga qadam tashlang!


Grant imtihonlarini o‘tkazish va grant natijalarini hisoblash tartibi:

Har semesterda eng yuqori grant ballari to'plagan 10% talabalarga keyingi semester uchun 100%lik grant taqdim etiladi.


Grant berish shartlari:

  1. Umumiy grant ballariga ega bo‘lish;

  2. Student union tomonidan tashkil etilgan kulublarning biriga yoki bir nechtasiga a’zo bo‘lishi va bu kulublarda aktiv ishtirok etish;

  3. Teacher assisent loyixasida ishtirok etish

  4. Sportning istalgan turi bilan doimiy shug‘ulanib borish (mini futbol, stol tennis, shaxmat, shashka, basketbol, valebol, suzish, kurash, boks va h,k)

Izox: Yuqoridagi 4 ta shartlardan birini bajarilmagan xolda talabaga grant uchun tavsiya berilmaydi.


Grant ballarini hisoblash tartibi:

  1. Maxsus fanlardan yakuniy nazorat imtixonlari birinchi urinish natijalari oʻrtacha qiymati - 40%

  2. Maxsus fanlardan imtixon nazoratchilari ishtirokida oʻtkazilgan ONlar (mustaqil ish baholari hisobga olinmaydi) birinchi urinish natijalari oʻrtacha qiymati - 20%

  3. Grant imtihoni 2 natijasi - 40%


Jami grant ballari: Yakuniy nazorat (40%) + Oraliq nazorat (20%) + Grant imtihoni (40%) = 100%.

  1. Agar talaba uzrli sabab bilan birinchi urinish imtixoniga kela olmasa, uzrli sababning imtixon kunida boʻlganini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinib, bu hujjat Taʼlim sifati boʻlimi tomonidan haqiqiy deb topilsa, talabaning 2- yoki 3-(ikkinchi urinishga ham kela olmasa) urinish ballari foizga koʻpaytirilgan holda hisoblanadi. Bunda talabaning 2-urinish balining 75%ni, 3-urinish balining 60%ni grant baliga qoʻshiladi. Agar talaba 1-imkoniyatga kelmasa va uzrli sabab koʻrsata olmasa, grant bali hisoblanganda shu imtixon uchun talabaga ball berilmaydi.

  2. Grant imtihoni alohida imtixon boʻlib semester yakunida oʻtkaziladi. Unda talabalar har biri 40 ta savolni oʻz ichiga oladigan bir (1-kurslar) yoki bir necha (katta kurslar) blokdan iborat test topshirishadi. Testlar mutaxasislik fanlaridan oddiy savollar va vaziyatli masalalarni oʻz ichiga oladi. Har bir blokdagi savollarning maʼlum qismi (butun kurs uchun bir xil miqdorda) ingliz tilida boʻladi. Har bir blok uchun 1 soat vaqt ajratiladi.