| Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha bo‘limi | Otajonov Nematilla | Ilmiy tadqiqotlar va grant loyihalarini boshqarish, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va institut reytingini oshirish bilan shug‘ullanadi. |
| Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘limi | Nizambaev Murodjon | Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini ta’minlash, talaba turar joylari va sport faoliyatini boshqaradi. |
| O‘quv bo‘limi | Ahmadjanov Dostonbek | Ta’lim jarayonlarini tashkil qilish, sifatini nazorat qilish va o‘qituvchilar bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi. |
| Ta’lim sifati va sifat nazorati bo‘limi | Nazarov Javoxir | Ta’lim jarayonining sifati, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, testlar va ta’lim resurslarining sifatini baholaydi. |
| Xalqaro aloqalar bo‘limi | Qutbiddinov Ayubxon | Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, chet ellik talabalarni jalb qilish va xalqaro grantlarni boshqarish bilan shug‘ullanadi. |
| Marketing bo‘limi | Vohobjonov Soyibjon | Institut mahsulotlari va xizmatlarini reklama qilish, bozor tadqiqotlarini o‘tkazish va marketing strategiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi |
| Moliya bo‘limi | Ahmadjanov Bahodir | Byudjetni rejalashtirish, moliyaviy hisob-kitoblarni yuritish, xarajatlar va daromadlarni kuzatish bilan shug‘ullanadi |
| Ta’minot bo‘limi | Hasanov Ilxomjon | Institut uchun materiallar va resurslarni xarid qilish, inventarizatsiya qilish va logistika jarayonlarini boshqaradi |
| HR (Inson resurslari) bo‘limi | Yuldashev Abrorjon | Xodimlarni ishga qabul qilish, ularni rivojlantirish va maosh boshqaruvi bilan shug‘ullanadi |
| Yuriskonsult | Yo'lchixonova Sadoqat | Institutning barcha huquqiy faoliyatini nazorat qilish va qonuniy hujjatlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi |
| Student union (Talabalar kengashi) | Jo'rayeva Zuxraoy | Student Unionning vazifalari – a) talabalar manfaatlarini himoya qilish; b)talabalar muammolarini aniqlash va ularni institut rahbariyati bilan muhokama qilish; c) ijtimoiy va madaniy tadbirlar tashkil etish; d) klub va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash; e) talabalar uchun o‘zlari qiziqadigan klub va tashkilotlarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishlariga yordam berish; f)talabalar o‘rtasida hamjihatlikni rivojlantirish; g)talabalar orasida do‘stlik va hamkorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish. |
| Talabalarni qo‘llab-quvvatlash (Registrator ofis) | Rahimberdiyev Dilmurod | Talabalarning o‘qish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, ularning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va himoya qilish, talabalarga malakali ma’muriy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
a)a) talabalarning o‘qish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, ularning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va himoya qilish, talabalarga malakali ma’muriy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash; b) talabalarga o‘quv jarayoniga oid xizmatlarni tizim orqali ko‘rsatish; c) o‘quv jarayoni va elektron platformalar (HEMIS, Moodle, LMS) bo‘yicha talabalarni ma’lumot bilan ta’minlash; d) talabalarning yotoqxona va turar joylarini muvofiqlashtirish; e) ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha talabalarga yordam ko‘rsatish; f) professor-o‘qituvchilarga tizimlar haqida maslahatlar berish; g) talabalarni qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, tiklash va o‘qishdan chetlatish jarayonlarini tashkil qilish; h) talabalar haqidagi statistik ma’lumotlarni yuritish va ularni tizimga kiritish; i) dars jadvallari va nazoratlar haqida ma’lumot berish; j) akademik ma’lumotnoma va transkriptlar taqdim etish; k) talabaga GPA (o‘rtacha ball) haqida ma’lumotnoma berish; l) talaba guvohnomalari va turar joy hujjatlarini rasmiylashtirish; m) talabalarni akademik qarzdorlik bo‘yicha kuzatish va ular bilan ishlash; n) talabalarga ijara subsidiyasi uchun yordam berish. |
| ARM (Axborot Resurslar Markazi) | Saddaraliyeva Sadriya | a) axborot resurslarini boshqarish; b) institutning barcha axborot resurslarini boshqarish va ularning samarali ishlatilishini ta’minlash; c) kutubxona faoliyatini boshqarish; d) kutubxonaning kundalik ishlarini tashkil qilish va nazorat qilish; e) talabalar va o‘qituvchilarga yordam; f) talabalar va o‘qituvchilarga axborot resurslari va kutubxona xizmatlari bo‘yicha maslahat berish va yordam ko‘rsatish; g) elektron o‘quv materiallarini tayyorlash; h) elektron o‘quv materiallari va multimediya resurslarini tayyorlash va ularning sifatini nazorat qilish. |