




Student Union (talabalar kengashi)
Student Unionning vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Talabalar manfaatlarini himoya qilish – talabalar muammolarini aniqlash va ularni institut rahbariyati bilan muhokama qilish.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlar tashkil etish – talabalar uchun turli xil tadbirlar, ko‘ngilochar va madaniy faoliyatlar uyushtirish;
Resurslar taqdim etish – talabalarga o‘qish, psixologik yordam va kasb-hunar yo‘lida yordam berish uchun resurslar va xizmatlar taqdim etish
Klub va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash – talabalarga o‘zlari qiziqadigan klub va tashkilotlarni tashkil etish hamda faoliyat ko‘rsatishlari uchun yordam berish;
Talabalar o‘rtasida hamjihatlikni rivojlantirish – talabalar orasida do‘stlik va hamkorlikni oshirishga qaratilgan faoliyatlar o‘tkazish.
Impuls tibbiyot institutida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan klub va to‘garaklar:
1. “Kompyuter savodxonligi” klubi
2. “Zakovat intellektual klubi”
3. “Yosh sportchilar“klubi
4. “Fitness” klubi
5. “Yosh kitobxonlar” klubi
6. “Volontyorlik” klubi
7. “Ekoklub”
8. “San’at” klubi
9. “Med talks” klubi
10. “Psixologiya” klubi
11. “Tez tibbiy va favqulodda yordam” klubi
12. “Tadqiqotchilar” klubi