Image 0
Image 1

Tayyorlov kursi

Bu Impuls Tibbiyot Institutiga kirish uchun tayyorlaydigan maxsus dastur bo‘lib, ushbu dastur orqali abituriyentlarga maxsus sharoitlar asosida Impuls Tibbiyot Institutining talabasi bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Kurs doirasida o‘quv yili davomida abituriyentlar kimyo, biologiya, anatomiya, ingliz tili va tez tibbiy yordam fanlari bo‘yicha ta’lim olishadi, ularning dasturi institutning birinchi bosqichida o‘qitiladigan fanlar dasturlari asosida tuzilgan bo‘lib, o‘qish jarayonida abituriyentlar institutning laboratoriyalari va simulyatsiya markazlarida, talabalar bilan birga laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida abituriyentlar o‘qishga kirganlaridan so‘ng institut ta’lim tizimiga tez moslashishga yordam beradi.

Tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar yakuniy imtihon natijalariga ko‘ra Impuls Tibbiyot Institutiga o‘qishning birinchi semestriga 50% dan 100% gacha grant asosida imtihonlarsiz o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.