




! Eʼtiborli imkoniyat: Yuqori natijalarga erishgan talabalar uchun 100%lik grantlar:
Impuls tibbiyot instituti talabalariga har bir semestrda yanada kuchliroq motivatsiya berish maqsadida, institut asoschilari tomonidan talabalarning 10% qismiga 100%lik grantlar taqdim etiladi.
Mazkur grantlar har semestr yakuni boʻyicha aniqlanadi va gtolib talabalar institutib tomonidan toʻliq grant bilan mukofotlanadi. Imkoniyatingizdan foydalaning va ilmiy-amaliy yutuqlaringiz bilan oldinga qadam tashlang!
Grant berish shartlari:
Umumiy grant ballariga ega boʻlish;
Student Union tomonidan tashkil etilgan klublarning biriga yoki bir nechtasiga a’zo boʻlishi va bu klublarda faol ishtirok etish;
Teacher Assistent loyihasida ishtirok etish;
Sportning istalgan turi bilan doimiy shug‘ullanib borish (mini futbol, stol tennis, shaxmat, shashka, basketbol, voleybol, suzish, kurash, boks va h,k)
Izoh: Yuqoridagi 4 ta shartlardan biri bajarilmagan holda talabaga grant uchun tavsiya berilmaydi.
Grant ballarini hisoblash tartibi
talabalar uchun yaratilgan Handbook va institut nizomlarida keltirilgan tartib asosida hisoblanadi.