Morfologiya kafedrasi

Morfologiya kafedrasi IMPULS tibbiyot institutining fundamental tibbiy ta’limni ta’minlovchi yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, bo‘lajak shifokorlarning kasbiy shakllanishida asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Kafedra inson organizmining tuzilishi, rivojlanishi va irsiy xususiyatlarini chuqur ilmiy asosda o‘rgatishga ixtisoslashgan. Kafedra bo‘lajak shifokorlar uchun klinik fanlarni o‘zlashtirishga hamda klinik oldi fanlarni USMLE tizimi talablari asosida o‘qitishda xizmat qiluvchi asosiy klinik oldi bilimlar bazasini yaratadi.

Kafedrada tibbiy biologiya, umumiy genetika, lotin tili va tibbiy terminologiya, odam anatomiyasi va klinik anatomiya, gistologiya, sitologiya va embriologiya fanlari o‘qitilib, ushbu fanlar klinik fanlarni o‘zlashtirish uchun mustahkam nazariy poydevor yaratadi. Ta’lim jarayonida fanlararo integratsiya, ya’ni morfologik bilimlarni klinik holatlar bilan bog‘lashga alohida e’tibor qaratiladi.

Mashg‘ulotlar zamonaviy anatomik maketlar, mikroskopik preparatlar, raqamli atlaslar va multimedia vositalari asosida olib boriladi. Talabalar mustaqil tahlil qilish, kuzatish va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Kafedra tarkibi: 20 nafar professor-o‘qituvchi

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Morfologiya fanlari bo‘yicha zamonaviy darslik va elektron o‘quv resurslarini yaratish;
  • Anatomik va gistologik tadqiqotlarni rivojlantirish;
  • Talabalar uchun ilmiy to‘garaklar faoliyatini kengaytirish;
  • Klinik fanlar bilan uzviy integratsiyani kuchaytirish;
  • Raqamli va virtual laboratoriyalarni joriy etish;
  • Xalqaro ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish.
  • Klinik oldi fanlar bo‘yicha fundamental bilimlarni shakllantirish
  • Morfologik tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish
  • Raqamli anatomiya va virtual laboratoriyalarni joriy etish
  • Klinik kafedralar bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish
  • Talabalarni erta bosqichdan ilmiy faoliyatga jalb qilish

Галерея