Ilmiy loyihalar va grantlar

Ilmiy loyihalar va grantlar

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Impuls tibbiyot institutida ilmiy-tadqiqot faoliyati ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Institutda tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy loyihalar ishlab chiqilib, respublika va xalqaro grant tanlovlariga taqdim qilingan. Loyiha va tadqiqotlar asosan fundamental va amaliy tadqiqotlar, klinik fanlar, profilaktik tibbiyot, farmakologiya, pediatriya, jarrohlik va sog‘liqni saqlashni tashkil etish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Impuls tibbiyot institutida ilmiy-tadqiqot faoliyati ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Institutda ilmiy loyihalar va grantlar tibbiyot fanining ustuvor va dolzarb yo‘nalishlari asosida shakllantirilib, fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Tadqiqotchilar va Maqsad

Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy loyihalar sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash, profilaktik tibbiyot, farmakologiya, pediatriya, terapiya, jarrohlik va klinik fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.

Grant Ishtiroki

  • Respublika miqyosidagi davlat grantlari;
  • Tarmoq va amaliy grantlar;
  • Xalqaro ilmiy fondlar va xorijiy tashkilotlar grantlari;
Natijalar va Amaliyot

Grantlar doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari o‘quv jarayoniga joriy etiladi, klinik amaliyotda qo‘llaniladi hamda ilmiy maqolalar va metodik qo‘llanmalar ko‘rinishida chop etiladi. Shuningdek, institutda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatga jalb etish, innovatsion g‘oyalar va startap tashabbuslarini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy va ilmiy muhit yaratilgan.

Joriy loyihalar

“PM2.5 havoning ifloslanishini baholash va nazorat qilish” “Pediatriyada infektsion kasalliklarning oldini olish strategiyalari” “Farmakologiyada yangi antimikrob preparatlarni ishlab chiqish” (Erasmus+) “Klinik diagnostikada sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash” “Jarrohlik amaliyotida minimal invaziv usullarni rivojlantirish” “Profilaktik tibbiyot va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish”

Olingan natijalar ilmiy maqolalar, konferensiya taqdimotlari va patentlar shaklida amaliyotga joriy etilib, tibbiyot sifatini oshirish va ta’lim jarayonini boyitishga xizmat qiladi.

Institutda yosh olimlar va bolgusi shifokorlarni ilmiy loyihalarga jalb etish, ularga grantlar orqali qo‘llab-quvvatlash va innovatsion ishlanmalar yaratish uchun barcha zarur ilmiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan.