Davolash ishi

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi: Davolash ishi yo‘nalishi inson organizmidagi kasalliklarni aniqlash, tashxislash, davolash va profilaktika qilish bo‘yicha universal tibbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlaydi.

 Kasbiy kompetentsiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar, talabalarni kasbiy kompetentsiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi mantiqiy ketma-ketlikda kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarni o‘zlashtirish, amaliyotlarni o‘tish hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi.

Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejasidagi majburiy fanlar blokiga bevosita kasbiy kompetentsiyalarni egallashga qaratilgan zarur tayanch bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar, tanlov fanlari blokiga ta’lim yo‘nalishi doirasida mutaxassislikdan kelib chiqib, chuqurlashtirilgan qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetentsiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek talabalaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiiy yondoshuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar kiritiladi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:

  • o‘quv tanishuv amaliyoti;
  • ishlab chiqarish amaliyoti;
  • bitiruv oldi amaliyoti;

O‘qitiladigan asosiy fanlar quyidagilardan iborat:

Normal va patologik anatomiya
Tibbiy biologiya. Umumiy genetika
Odam anatomiyasi va klinik anatomiya
Gistologiya, sitologiya, embriologiya
Biokimyo
Normal fiziologiya
Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya
Psixologiya
Patologiya (Patologik anatomiya, patologik fiziologiya)
Farmakologiya
Ichki kasalliklar propedevtikasi
Dermatovenerologiya
Sud tibbiyoti. Vrach faoliyatining huquqiy asoslari
Ftiziatriya
Tibbiy radiologiya
Endokrinologiya
Klinik farmakologiya
Nevrologiya. Tibbiy genetika
Onkologiya
Psixiatriya, narkologiya. Tibbiy psixologiya
Yuqumli kasalliklar. Bolalar yuqumli kasalliklari. Epidemiologiya, XE
Gematologiya, HDT
Klinik allergologiya, immunologiya
Akusherlik va ginekologiya
Bolalar kasalliklari propedevtikasi
Pediatriya
Umumiy xirurgiya
Xirurgik kasalliklar