Pediatriya ishi
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi: Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishi chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan shifokor-pediatrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Tashxislash va davolash faoliyatida: qabulda va uyda bolalarni qabul qilish, anamnez va klinik tekshiruvdan olingan ma’lumotlarni sharhlash, dastlabki hamda differentsial tashxis qo‘yish va ob’ektiv tekshiruv natijalaridan foydalangan holda bemor kasalligini boshqarish rejasini ishlab chiqish, oilaviy poliklinikada mavjud imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqib Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatiga muvofiq bolalarda o‘tkir va surunkali kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash hayotga xavf solgan holatlarda shifoxonagacha birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemor bolalarlarda kasallikning xavf omillarini baholash, sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini jismoniy va ruhiy jihatdan saqlash boʻyicha maslahatlar berish, ratsional va sog‘lom ovqatlanish, oilani rejalashtirish, homilador ayollarga OIV-infektsiyasi hususida,
shuningdek homilador, fertil yoshdagi, tuqqan ayollarga chaqaloqni koʻkrak suti bilan boqish, oilani rejalashtirish hamda reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha maslahatlar berish.
Kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar.
Talabalarni kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi mantiqiy
ketma-ketlikda kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarni o‘zlashtirish, amaliyotlarni
o‘tish hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida
amalga oshiriladi.
Pediatriya ishi ta’lim yoʻnalishi boʻyicha o‘quv rejasidagi majburiy fanlar
blokiga bevosita kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan zarur tayanch bilim
va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar.
Tanlov fanlari blokiga ta’lim yo‘nalishi doirasida mutaxassislikdan kelib chiqib,
chuqurlashtirilgan qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur
kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek talabalarning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondoshuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar
kiritiladi.
Ta’lim yo‘nalishi boʻyicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:
- o‘quv tanishuv amaliyoti;
- ishlab chiqarish amaliyoti;
- bitiruv oldi amaliyoti.
O‘qitiladigan asosiy fanlar quyidagilardan iborat:
| Odam anatomiyasi |
| Tibbiy biologiya. Umumiy genetika |
| Psixologiya |
| Gistologiya, sitologiya, embriologiya |
| Normal fiziologiya |
| Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya |
| Klinik anatomiya (OXTA) |
| Patologik anatomiya |
| Patologik fiziologiya |
| Farmakologiya |
| Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya |
| Bolalar kasalliklari propedevtikasi |
| Ichki kasalliklar propedevtikasi |
| Ichki kasalliklar |
| Klinik allergologiya, immunologiya |
| Tibbiy radiologiya |
| Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi |
| Endokrinologiya, bolalar endokrinologiyasi |
| Ftiziatriya |
| Nevrologiya. Bolalar nevrologiya Tibbiy genetika |
| Psixiatriya, narkologiya. Bolalar psixiatriyasi. Tibbiy psixologiya |
| Sud tibbiyoti. Vrach faoliyatining huquqiy asoslari |
| Yukumli kasalliklar. Bolalar yuqumli kasalliklari. Epidemiologiya |
| Bolalar xirurgiyasi |
| Xirurgik kasalliklar |
| Akusher-ginekologiya va pediatriya yo’nalishi |
| Akusherlik va ginekologiya bolalar ginekologiyasi |
| Travmatologiya va ortopediya, HDJ. Bolalar travmatologiyasi va ortopediya. Neyroxirurgiya, Bolalar neyroxirurgiyasi |
| Otorinoloringologiya, Bolalar otorinoloringologiyasi. Bolalar stomatologiyasi |
