JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI: YUTUQLARI VA MUAMMOLARI.

JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI: YUTUQLARI VA MUAMMOLARI.

Tadbirlar

19-oktyabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida «Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni: yutuqlari va muammolari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalqaro toifadagi spiker, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Jamila Toshpo‘latovna, Chirchiq shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Umarova Go’zal Xasanovna hamda Chirchiq shahar IIB XTB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Mirxaitova Feruza Baxodirovna, institutning professor-o‘qituvchilari va talaba qizlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida jamiyat hayotida xotin-qizlarning o‘rni, ularning erishayotgan yutuqlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Bo'limga qaytish "Tadbirlar"

Tegishli yangiliklar