JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI: YUTUQLARI VA MUAMMOLARI.
19-oktyabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida «Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni: yutuqlari va muammolari» mavzusida davra...
Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Tog‘ayeva Gulandon Jumayevna, shuningdek, institut rahbariyati a’zolari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rni, ona tilimizni asrab-avaylash hamda uning nufuzini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalar tomonidan o‘zbek tilining jozibasi, boyligi va betakror go‘zalligini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi hamda ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va o‘zligimiz timsoli! Uni qadrlash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.