Xirurgiya kafedrasi

Xirurgiya kafedrasi institutning klinik fanlar bo‘yicha yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayoni jarrohlik bo‘limlari va klinik bazalarda tashkil etilgan o‘quv xonalarda olib boriladi. Kafedra faoliyati davolash-profilaktika muassasalari bazasida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar bevosita klinik sharoitda bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.

Kafedrada umumiy xirurgiya, xirurgik kasalliklar, bolalar xirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya fanlari o‘qitiladi.

Terapiya kafedrasi klinik oldi fanlarda shakllangan bilimlarni real klinik holatlar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu kafedrada klinik amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar real klinik sharoitlarda bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. Har bir kafedra amaliyot, klinik protokollar, zamonaviy diagnostika va davolash usullariga asoslanadi.

Xirurgiya kafedrasi ham klinik yo‘nalishdagi yetakchi kafedra bo‘lib, bevosita klinik bazalarda tashkil etilgan zamonaviy o‘quv xonalarda faoliyat yuritadi. Ushbu kafedrada darslar nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda olib borilib, talabalar real klinik holatlar, bemorlar bilan ishlash, diagnostika va davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyasini oshirish, mustaqil qaror qabul qilish va klinik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, institutdagi barcha kafedralar faoliyati tibbiy ta’limning uzluksizligi, bosqichma-bosqichligi va amaliyotga yo‘naltirilganligi tamoyillariga asoslangan bo‘lib, yuqori ilmiy salohiyatga ega o‘qituvchilar, zamonaviy ta’lim dasturlari va kuchli klinik bazalar bilan ta’minlangan. Bu esa raqobatbardosh, chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Kafedra tarkibi: 16 nafar professor-o‘qituvchi

Xirurgiya kafedrasining ustuvor yo‘nalishlari:

  • Zamonaviy xirurgik texnologiyalarni joriy etish
  • Minimal invaziv usullarni o‘rgatish
  • Amaliy ko‘nikmalarni simulyatsion mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash
  • Klinik holatlar asosida ta’lim berish
  • Xirurgiya sohasida ilmiy-amaliy izlanishlar

Галерея