Pediatriya kafedrasi
Pediatriya kafedrasi
IMPULS tibbiyot institutida klinik fanlarni o‘qitish amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim modeli asosida tashkil etilgan. Pediatriya kafedrasi sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan klinik bazalarda, zamonaviy o‘quv xonalari va simulyatsion muhitda faoliyat yuritadi.
Pediatriya kafedrasi klinik oldi fanlarda shakllangan bilimlarni real klinik holatlar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bu kafedrala klinik amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar real klinik sharoitlarda bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. Har bir kafedra amaliyot, klinik protokollar, zamonaviy diagnostika va davolash usullariga asoslanadi.
Pediatriya kafedrasi bolalar salomatligini muhofaza qilishga ixtisoslashgan klinik kafedra bo‘lib, ta’lim jarayoni bolalar shifoxonalari va klinik bazalarda olib boriladi.
Kafedrada bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya (1–2), sud tibbiyoti, vrach faoliyatining huquqiy asoslari, malakaviy amaliyot fanlari o‘qitiladi.
Pediatriya kafedrasi institutda klinik bazalarda tashkil etilgan maxsus o‘quv xonalari hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Ushbu kafedralarda ta’lim jarayoni nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda, real klinik sharoitlarda olib boriladi.
Kafedra tarkibi: 32 nafar professor-o‘qituvchi
Pediatriya kafedrasining ustuvor yo‘nalishlari:
- Bolalar kasalliklarini erta aniqlash va oldini olish
- Pediatrik klinik protokollarni joriy etish
- Talabalarda bolalar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish
- Amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish
- Pediatriya yo‘nalishida ilmiy-amaliy tadqiqotlar
