Tibbiy-biologik kimyo va farmakologiya kafedrasi
Tibbiy-biologik kimyo va farmakologiya kafedrasi
Tibbiy-biologik kimyo va farmakologiya kafedrasi institutda klinik oldi fanlarni o‘qituvchi asosiy kafedralardan biri bo‘lib, kafedra tibbiyotda molekulyar darajadagi jarayonlarni o‘rganishga ixtisoslashgandir. Zamonaviy dori vositalarining ta’sir mexanizmlarini tushuntiradi. Kafedrada tibbiy kimyo, biokimyo, farmakologiya fanlari o‘qitiladi. Talabalar metabolizm, fermentlar faolligi va dori vositalarining farmakodinamik xususiyatlarini o‘rganadilar.
Tibbiy-biologik kimyo va farmakologiya kafedrasi klinik oldi ta’limning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, USMLE tizimida asosiy o‘rin tutuvchi biokimyo va farmakologiya fanlarini o‘qitadi. USMLE testlarida uchraydigan klinik vaziyatlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘tiladi.
Kafedra tarkibi: 12 nafar professor-o‘qituvchi
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:
- Farmakologik tadqiqotlar
- Dori xavfsizligi va samaradorligini baholash
- Klinik farmakologiya asoslarini rivojlantirish
- Zamonaviy laboratoriya texnologiyalarini joriy etish
- Klinik farmakologiya asoslarini rivojlantirish
- Dori vositalarining samaradorligi va xavfsizligini o‘rganish
- Klinik fanlar bilan uzviy bog‘langan o‘quv mashg‘ulotlari
- USMLE formatidagi farmakologik tahlillar
- Klinik fanlarga tayyorlovchi bilimlarni mustahkamlash
- Integratsiyalashgan test va baholash tizimi
