«Ma’naviyat va ma’rifat», iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi
Yarlakabov Djamshid Mamasultanovich
«Ma’naviyat va ma’rifat», iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi
Boʻlimda olib borayotgan asosiy faoliyati toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot:
Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi institutda talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, bo‘lim iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa intellektual tadbirlarda ishtirokini ta’minlash, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini rag‘batlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish hamda ularning ijrosini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasining yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlari, davlat dasturlari va institut rahbariyatining topshiriqlari asosida olib boriladi.
