Stomatologiya

Stomatologiya ta’lim yo‘nalishi og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, jag‘-yuz sohasi kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish bo‘yicha malakali shifokor-stomatologlarni tayyorlashga qaratilgan.

Tashxislash va davolash faoliyatida quyidagilar o‘rgatiladi: Stomatologik kasalliklarga uchragan bemorlardan (ularning qonuniy vakillaridan) shikoyatlarni, hayot va kasallik tarixini to‘plash, stomatologik kasalliklar rivojlanishining xavf omillari va sabablarini aniqlash, stomatologik kasalliklarga uchragan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish va jismoniy tekshirish usullarini qo‘llash va natijalarini baholash tishlarning qattiq toʻqimalari kasalliklari boʻlgan bemorlarda pulpa va periodont kasalliklari, parodont, og‘iz shilliq qavati va lab kasalliklarini tashxislash, stomatologik kasalliklarga uchragan bemorlarda tishlar, tish qatorlari nuqsonlari, tish-jag‘ deformatsiyalari va tish hamda jag‘ anomaliyalari, tishlarning to‘liq yo‘qligi va ularning rivojlanish omillari, tishlar, yuz skeleti suyaklari va yuz-jag‘ sohasining yumshoq to‘qimalari jarohatlari tashxisini qo‘yish;

Stomatologik kasalliklarga uchragan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi onkologik kasalliklarining xavf omillarini aniqlash, dastlabki tashxisni shakllantirish, tibbiy yordam standartlarini hisobga olgan holda tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblari va klinik tavsiyalarga muvofiq stomatologik kasalliklarga uchragan bemorlarda laboratoriya, instrumental va qo‘shimcha tekshiruvlar oʻtkazish rejasini tuzish;

Stomatologik kasalliklarga uchragan bemorlarni amaldagi stomatologik tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblari, klinik tavsiyalar va tibbiy yordam standartlariga muvofiq laboratoriya, instrumental va qo‘shimcha tekshiruvlarga yo‘naltirish bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblari, klinik tavsiyalar va tibbiy yordam standartlariga muvofiq mutaxassis tayyorlash.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida: sog‘liqni saqlashda birlamchi boʻgʻini ishini tashkil qilish va uni boshqarish tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobotbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega boʻlishi, bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlari natijalarini baholash, kasbga oid muammolar yechimlarini amaliyotga tatbiq etish, kasbiy faoliyati jarayonida sifatni boshqarish, aholi sog‘lig‘i holatining asosiy ko‘rsatkichlarini rejalashtirish, tahlil qilish va hisobot tayyorlash qobiliyatiga ega boʻlishi lozimligi o‘rganiladi.

Kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan quyidagi talablar asosida o‘qitiladi:

-Talabalarni kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi mantiqiy ketma-ketlikda kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarni o‘zlashtirish,

-Amaliyotlarni oʻtish hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi;

-Stomatologiya ta’lim yoʻnalishi bo‘yicha o‘quv rejasidagi majburiy fanlar

blokiga bevosita kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan zarur tayanch bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar;

Tanlov fanlari blokiga ta’lim yo‘nalishi doirasida mutaxassislikdan kelib chiqib, chuqurlashtirilgan qoʻshimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur

 kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek talabalarningshaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondoshuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar kiritiladi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:

1. O‘quv tanishuv amaliyoti

2. Ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti

3. Bitiruv oldi amaliyoti

O‘qitiladigan asosiy fanlar quyidagilardan iborat:

Tibbiy kimyo va biologik kimyo
Tibbiy va biologik fizika. Tibbiyotda axborot texnologiyalari
Odam anatomiyasi 1,2,3
Tibbiy biologiya. Gistologiya, sitologiya va embriologiya
Fiziologiya-YuJS fiziologiyasi
Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya
Klinik anatomiya
Patologik anatomiya
Patologik fiziologiya
Farmakologiya
Terapiya. Klinik farmakologiya
Pediatriya. Tibbiy genetika.
Yukumli kasalliklar. Epidemiologiya*
Dermatovenerologiya*
Sud tibbiyoti va vrach faoliyatining huquqiy asoslari*
Stomatologiyaga kirish
Og’iz bo’shlig’i shilliq parda kasalliklari
Bolalar jarrohlik stomatologiyasi
Bolalar jarrohlik stomatologiyasi
Ortopedik stomatologiya propedevtikasi
Stomatologik kasalliklar profilaktikasi