Impuls tibbiyot instituti Belarus ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Yangiliklar

Impuls tibbiyot instituti Belarus ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Impuls tibbiyot instituti va Belarus Respublikasining “Gigiyena, toksikologiya, epidemiologiya, virusologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti” (ГУ «РЦГЭиОЗ») o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat Impuls tibbiyot instituti prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtinur Xudanov hamda Belarus Respublikasi mazkur ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sychik Sergey Ivanovich o‘rtasida imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar tibbiyot va jamoat salomatligi yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, epidemiologiya, gigiyena, toksikologiya, virusologiya va mikrobiologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, hujjatda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy laboratoriya tadqiqotlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.

Mazkur hamkorlik ikki tomonlama ilmiy salohiyatni mustahkamlash, tibbiyot sohasida zamonaviy bilim va texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Impuls tibbiyot instituti tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar