Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 2-Xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasida Impuls tibbiyot instituti Namangan filiali talabalari munosib ishtirok etishdi

Yangiliklar

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 2-Xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasida Impuls tibbiyot instituti Namangan filiali talabalari munosib ishtirok etishdi.

8 nafar iqtidorli talabalarimiz bilimlar bellashuvida institutimiz sharafini himoya qilib, ulardan 3 nafari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Shu jumladan:

Abduraimova Madinabonu — Odam anatomiyasi fanidan 3-o‘rin;

Akbarov Temurmalik — Patologik anatomiya fanidan 3-o‘rin;

Dedamirzayev Sobirjon — Hujayra biologiyasi fanidan 3-o‘rin.

Mazkur olimpiadada dunyoning 20 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan bilimli, izlanuvchan tibbiyot talabalari o‘zaro bilim va tajriba almashib, mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ushbu yutuqlar — talabalarimizning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi va zahmatkash ustozlarimizning tinimsiz mehnatlari samarasidir.

Xalqaro maydonda institutimiz sharafini munosib himoya qilgan talabalarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz. Bilimlar bellashuvidagi ushbu muvaffaqiyat keyingi ilmiy izlanishlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘lishini tilab qolamiz!

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar