Xalqaro hamkorlik: Impuls Tibbiyot Instituti va D&D Pharma o‘rtasida memorandum imzolandi
Xalqaro hamkorlik: Impuls Tibbiyot Instituti va D&D Pharma o‘rtasida memorandum imzolandi. Impuls Tibbiyot Instituti xalqaro...
Impuls tibbiyot institutida tadbirkorlar va “Yuksalish” harakati rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi
Impuls tibbiyot instituti Namangan filialida “Yuksalish” harakati raisi, Qonunchilik palatasi qo’mita raisi Bobur Bekmurodov, Tadbirkorlik masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Elyor Primov hamda Impuls tibbiyot instituti ta’sischisi Bobur Sirojiddinov va mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, nazariya va amaliyot integratsiyasiga asoslangan o‘quv jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif doirasida Impuls tibbiyot institutining beg‘araz homiyligida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Davlatobod tumanidagi 58-son davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining har biriga 500 tadan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar taqdim etildi.
Mazkur tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilm-fan va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.