Impuls tibbiyot institutida tadbirkorlar va “Yuksalish” harakati rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi
Impuls tibbiyot institutida tadbirkorlar va “Yuksalish” harakati rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi Impuls tibbiyot instituti...
Impuls tibbiyot instituti ta’sischisi va bosh ijrochi direktori Bobur Sirojiddinov Turkiyaning nufuzli Alanya Alaaddin Keykubat University (ALKÜ) rektori Prof. Kenan Ahmet Türkdoğan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv yakunida Impuls tibbiyot instituti va ALKÜ universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar va ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish, klinik amaliyot dasturlarini tashkil etish hamda tibbiy ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, ALKÜ universiteti va uning klinik bazalari bilan hamkorlikda Impuls tibbiyot instituti talabalari uchun yozgi tibbiyot maktabini tashkil etish masalasi ham muhokama qilinib, ushbu tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. Mazkur dastur talabalarga xalqaro tajriba orttirish, zamonaviy klinikalarda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va xorijiy mutaxassislar bilan bevosita ishlash imkonini yaratadi.
Ushbu hamkorlik Impuls tibbiyot institutining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish va talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.