Artikov Jamshid Akilovich

Artikov Jamshid Akilovich

Telefon raqam

+998994040001

Elektron pochta

ajartikov@gmail.com

Xona

312-xona

Xodimlar bo’limi

Boʻlimda olib borayotgan asosiy faoliyati toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot:

Bo‘lim institut rektoriga bo‘ysunadi va inson resurslarini boshqarish, xodimlar bilan ishlash, ularni baholash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli faoliyat yuritadi. Bo‘lim xodimlarni ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash, boshqa ishga o‘tkazish yoki ishdan ozod qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi, mehnat daftarchalarini yuritadi, buyruqlarni tayyorlaydi va barcha mehnat munosabatlariga oid jarayonlarni nazorat qiladi. Xodimlarning malakasini oshirish, attestatsiyadan o‘tkazish va kasbiy salohiyatini aniqlash ishlari ham ushbu bo‘lim zimmasiga yuklangan. Shuningdek, bo‘lim diplom, guvohnoma va ilovalarni rasmiylashtirish, davlat tashkilotlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan kelgan so‘rovlarga javob tayyorlash, ish yuritish, ijro intizomini ta’minlash kabi vazifalarni ham bajaradi.