Xalqaro hamkorlik davom etadi!
Xalqaro hamkorlik davom etadi! Habaringiz bor, Impuls tibbiyot instituti Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti bilan Anglashuv...
Impuls tibbiyot instituti Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Impuls tibbiyot instituti hamda Malaya universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi. Hamkorlik doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
— Talabalar almashinuvi va klinik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— Professor-o‘qituvchilar uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish dasturlari (Continuous Professional Development) va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
— Xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish;
— Talabalar uchun yozgi va qishki maktablarni tashkil etish;
— Qo‘shma ilmiy maqolalar hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni o‘tkazish.
Ma’lumot uchun: Malaya universiteti Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 2026-yilgi QS reytingida 58-o‘rinni egallagan. Universitetda 27 000 dan ortiq talabalar, jumladan 4 500 dan ziyod xalqaro talabalar tahsil oladi hamda 1 700 dan ortiq akademik xodimlar faoliyat yuritadi.
Impuls tibbiyot instituti global akademik maydonda izchil rivojlanmoqda!