Xalqaro hamkorlik davom etadi!
Xalqaro hamkorlik davom etadi! Habaringiz bor, Impuls tibbiyot instituti Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti bilan Anglashuv...
Impuls tibbiyot instituti Namangan filialida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Impuls tibbiyot instituti Namangan filialiga Janubiy Koreyaning Kyungam College of Information & Technology vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda aniq yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi, xususan:
– Talabalar va hamkor tibbiyot texnikumlari uchun Janubiy Koreyada amaliyot tashkil etish
– Nogironlar va yoshi keksalar bilan ishlash tizimini o‘rganish
– Demensiya bilan og‘rigan bemorlarga xizmat ko‘rsatish modeli
– Keksalar fiziologiyasi va yoshga bog‘liq o‘zgarishlar
– Keksalar psixologiyasi
– Koreyada keksalar parvarishi tizimini amaliy tahlil qilish
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan quyidagi imkoniyatlar muhokama qilindi:
– Professor-o‘qituvchilar uchun 1–4 haftalik malaka oshirish, talabalar uchun observership kurslari
– Yozgi va qishki maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish
Ushbu tashrif institutning xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirib, ta’limni yangi bosqichga olib chiqishga ko’maklashadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumlari imzolandi.