Xalqaro hamkorlik davom etadi!
Xalqaro hamkorlik davom etadi! Habaringiz bor, Impuls tibbiyot instituti Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti bilan Anglashuv...
Impuls Tibbiyot instituti Turkiyaning Balıkesir universiteti bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborish” dasturi doirasida hozirda Turkiyaning Balıkesir Universitetida bo‘lib turgan Impuls Tibbiyot Instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ahror Tursunov universitetning Tibbiyot fakulteti dekani, universitet shifoxonasi bosh shifokori Dr. Bahadır Çağlar, hamda bosh shifokor o‘rinbosari Dr. Süha Serin bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jumladan:
– Impuls Tibbiyot Instituti talabalari uchun Balıkesir Universitetida qisqa va uzoq muddatli talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
– Balıkesir Universitetidan Impuls Tibbiyot Institutiga professor-o‘qituvchilar va shifokorlar uchun akademik mobillik dasturlarini tashkil etish;
– Impuls Tibbiyot Instituti talabalari uchun Balıkesir Universiteti shifoxonasida amaliyot dasturlarini o‘tash imkoniyatlarini yaratish;
– Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida telemeditsina yo‘nalishini rivojlantirish, shuningdek boshqa bir qator muhim masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Ma’lumot uchun: Balıkesir Universiteti Tibbiyot fakulteti bugungi kunda 1000 ga yaqin talabalarga ta’lim bermoqda, shundan 140 nafari xorijiy talabalar hisoblanadi. Fakultet huzuridagi universitet shifoxonasi 300 o‘rinli bo‘lib, kuniga 2 mingdan ortiq bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shifoxonada 400 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi.
Ushbu uchrashuvlar kelgusida ta’lim, ilmiy tadqiqot va klinik amaliyot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishi kutilmoqda.