Turkiya bilan hamkorlik yangi bosqichda!

Turkiya bilan hamkorlik yangi bosqichda!

Avval xabar berganimizdek, institutimiz Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ahror Tursunov ayni paytda Turkiyaning Balıkesir universitetida ilmiy stajirovkada bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida muhim kelishuvga erishildi. Balıkesir universiteti rektori Prof. Dr. Yücel OĞURLU hamda Impuls Tibbiyot Instituti prezidenti Prof. Dr. Baxtinur Xudanov ishtirokida onlayn formatda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Anglashuv Memorandumi (MoU) imzolandi.

Mazkur memorandumga muvofiq, tomonlar o‘rtasida xalqaro hamkorlik zamonaviy va innovatsion formatlarda amalga oshiriladi hamda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi:

– Impuls Tibbiyot Instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun imtiyozli akademik mobillik va stajirovkalar tashkil etish;
– Hamkorlikda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish;
– Professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy mutaxassislar ishtirokida tajriba almashinuvi va master-klasslar o‘tkazish;
– Onlayn va gibrid ta’lim kurslari, shuningdek virtual laboratoriyalarni joriy etish;
– Klinik amaliyot va zamonaviy tibbiy texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
– Hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etish hamda ilmiy nashrlarni chop etish.

Mazkur Anglashuv Memorandumi institutimizda tibbiyot ta’limi va ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro integratsiyani kuchaytirish hamda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga qaytish

Tegishli yangiliklar