Xalqaro hamkorlik davom etadi!

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik davom etadi!

Habaringiz bor, Impuls tibbiyot instituti Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti bilan Anglashuv memorandumi (MoU) imzolagan edi.

Mazkur memorandum doirasida institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ahror Tursunov Malayziyaga tashrif buyurib, Malaya universitetida yaratilgan zamonaviy o‘quv, ilmiy va klinik sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlik Impuls tibbiyot instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro tajriba almashish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi deb hisoblaymiz.

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar