IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TURKIYADA IKKI HAFTALIK KLINIK AMALIYOT DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA!

IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TURKIYADA IKKI HAFTALIK KLINIK AMALIYOT DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA!

Yangiliklar

Impuls Tibbiyot Institutining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tibbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida Chirchiq filiali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Balıkesir universiteti shifoxonasida ikki haftalik klinik amaliyot o‘tamoqda.

Dasturda professor-o’qituvchilar Norqobilov Shokir Eshmirzayevich, Musakulov Bobur Farmonovich va Daminova Aziza Olimjonovnalar ishtirok etib, xalqaro klinik tajribani o‘rganish va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

O‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalar klinik tayyorgarligini takomillashtirish hamda kelgusida ular uchun Turkiyada amaliyot dasturlarini tashkil etish institutning muhim istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.

 

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar