IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Yangiliklar

2026-yil 26-oktabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Kimyogarlar madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirda Chirchiq shahar hokimi Abdurahimov Murodjon Kamildjonovich, Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Safarov Nurbek Abdivaliyevich, institut rektori Xamdamov Alisher Salimovich, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ota-onalar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Marosim Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tabrik nutqlarida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, tibbiyot kasbi chuqur bilim, fidoyilik va yuksak mas’uliyat talab etishi ta’kidlandi.

Tadbirning asosiy qismida talabalar Shifokorlik qasamyodini qabul qilib, inson salomatligini asrash va kasbiy burchiga sodiq qolish yo‘lida muhim qadam tashladilar.

Shuningdek, talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazilib, dastur san’atkor Mirjalol Nematovning musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.

Bugungi talaba — ertangi shifokor! Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali malakali, bilimli va o‘z kasbiga sadoqatli tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda davom etadi.

 

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar