IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 26-oktabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Kimyogarlar madaniyat saroyida...
Impuls Tibbiyot Institutining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tibbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida Chirchiq filiali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Balıkesir universiteti shifoxonasida ikki haftalik klinik amaliyot o‘tamoqda.
Dasturda professor-o’qituvchilar Norqobilov Shokir Eshmirzayevich, Musakulov Bobur Farmonovich va Daminova Aziza Olimjonovnalar ishtirok etib, xalqaro klinik tajribani o‘rganish va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
O‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalar klinik tayyorgarligini takomillashtirish hamda kelgusida ular uchun Turkiyada amaliyot dasturlarini tashkil etish institutning muhim istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.