Xalqaro hamkorlik davom etadi!
Xalqaro hamkorlik davom etadi! Habaringiz bor, Impuls tibbiyot instituti Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti bilan Anglashuv...
Impuls Tibbiyot Institutida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim tashrif va faxriy tayinlovlar bo‘lib o‘tdi
Impuls Tibbiyot Institutiga Hindistonning GSL universiteti va NEO tashkiloti, Buyuk Britaniyaning Trent Cliffs Sog‘liqni saqlash simulyatsiya jamiyati rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut ta’sischisi Bobur Sirojiddinov va institut prezidenti Baxtinur Xudanov kutib oldi.
Tashrif davomida institutda xorijiy va mahalliy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ilm-fan va ta’lim yo‘nalishida hamkorlik masalalari, O‘zbekistonda simulyatsion ta’limni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xorijiy talabalar, jumladan hindistonlik talabalar uchun Impuls Tibbiyot Institutida ta’lim olish imkoniyatlari va ularga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Muhokamalar yakunida mehmonlarni faxriy unvonlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jumladan: