IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 26-oktabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Kimyogarlar madaniyat saroyida...
Impuls talabalari “Samarqand–2020 6-Xalqaro tibbiyot talabalari” olimpiadasida
Impuls Tibbiyot Instituti Namangan filialida tahsil olayotgan talabalar “Samarqand–2020 6-Xalqaro tibbiyot talabalari” olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Talabalarimiz ushbu nufuzli olimpiadada yuqori tayyorgarlik, ilmiy salohiyat va kasbiy mahorat bilan qatnashib, institutimiz nufuzini munosib himoya qildilar. Ularning tashabbuskorligi, bilimga intilishi va mas’uliyatli yondashuvi alohida e’tirofga loyiq.
Impuls Tibbiyot Instituti talabalari bundan buyon ham xalqaro maydonlarda faol ishtirok etishda davom etadi. Ushbu muvaffaqiyat institutimizda olib borilayotgan sifatli ta’lim, zamonaviy metodika va tajribali ustozlar mehnatining amaliy natijasidir.