Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda filial rektori A. Xamdamov hamda Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik N. Safarov ishtirok etib, yoshlar bilan bugungi kunning dolzarb masalalari yuzasidan ochiq muloqat qilishdi.

Muloqot davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kiberjinoyatlar, internet tarmog‘idagi firibgarlik holatlari, turli yot g‘oyalar va noqonuniy oqimlarning salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berilib, yoshlar axborot xavfsizligiga rioya qilish va internetdan oqilona foydalanishga chaqirildi.

Mazkur uchrashuv talabalarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ular bilan ochiq muloqotni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Yangiliklarga qaytish

Tegishli yangiliklar