Impuls tibbiyot instituti Alanya Alaaddin Keykubat universiteti (ALKÜ) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Impuls tibbiyot instituti ta’sischisi va bosh ijrochi direktori Bobur Sirojiddinov Turkiyaning nufuzli Alanya Alaaddin Keykubat...
Bugun Impuls Tibbiyot Institutida “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Komiljonovich Abdurahimov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi Bobur Mansurovich Bekmurodov, Impuls Tibbiyot Instituti ta’sischisi va ijrochi direktori Bobur Shuhratovich Sirojiddinov, institutning Chirchiq filiali rektori Xamdamov Alisher Salimovich, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Muloqot davomida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va jamiyat hayotidagi faolligini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z savol va takliflarini bildirib, mehmonlar bilan ochiq fikr almashdilar.
Tadbirning muhim voqealaridan biri — “Yuksalish” umummilliy harakatiga a’zolik sertifikatini Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori Xamdamov Alisher Salimovichga tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.
Shuningdek, institutda “Yuksalish” umummilliy harakatining maxsus burchagi tashkil etildi. Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlashni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi.