Impuls tibbiyot instituti Alanya Alaaddin Keykubat universiteti (ALKÜ) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Impuls tibbiyot instituti ta’sischisi va bosh ijrochi direktori Bobur Sirojiddinov Turkiyaning nufuzli Alanya Alaaddin Keykubat...
Impuls tibbiyot instituti Turkiya universitetlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirmoqda!
Impuls tibbiyot instituti Xalqaro reytinglar va investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i A.Tursunov joriy yilning 22–23-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan IV O‘zbekiston–Turkiya rektorlar forumida faol ishtirok etdi.
Forum doirasida Burdur Mehmet Akif Ersoy University, Recep Tayyip Erdoğan University hamda Istanbul Technical University vakillari bilan tibbiy ta’lim sifati, akademik mobillik, klinik amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvlar yakunida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, klinik observership dasturlari hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumlari imzolandi.
Shuningdek, simulyatsion ta’lim, universitet klinikalari faoliyati, xalqaro akkreditatsiya va amaliy tibbiy ta’limni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.