Xalqaro hamkorlik davom etadi!
Xalqaro hamkorlik davom etadi! Habaringiz bor, Impuls tibbiyot instituti Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti bilan Anglashuv...
Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori A. Xamdamov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Southwest Jiaotong Universitetining Xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturlari bo‘yicha direktori, Xalqaro ta’lim fakulteti dekani professor Lei Ma hamda Xalqaro hamkorliklar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dr. Xu Junhua bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv davomida Southwest Jiaotong Universiteti Tibbiyot fakulteti va Impuls tibbiyot instituti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan bir qator yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Xususan, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorliklarni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirildi.
Xususan, Impuls Tibbiyot Instituti talabalari uchun XXR da qisqa muddatli stajirovka va amaliyot dasturlarini tashkil etiladi, shuningdek
Professor-o‘qituvchilar uchun muddatli akademik tashriflar va tajriba almashish dasturlari yo’lga qo’yiladi.
Ma’lumot Uchun:
Southwest Jiaotong University (SWJTU) 1896 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning birinchi muhandislik ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet “Xitoyning temir yo‘l muhandislari maktabi” sifatida tanilgan va temir yo‘l transporti sohasida yetakchi kadrlar tayyorlash bilan ajralib turadi.
Universitet kuchli muhandislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi bo’lib qolmasdan
Tibbiyot yo’nalishida ham fakulteti (School of Medicine) mavjud. Fakultetda sog‘liqni saqlash texnologiyalari, tibbiy diagnostika, klinik tibbiyot va sog‘liqni saqlash boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.
Universitet 26 ta maktab (fakultet) va 3 ta kampusdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 350 gektarni tashkil eradi.
Universitetda keng qamrovli akademik dasturlar mavjud bo’lib shundan 75 ta bakalavriat dasturlari, 95 ta magistratura dasturlari, 45 ta doktorantura dasturi mavjud.